Jahon | 19:25 / 14.12.2015
4317
1 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonov Rossiyada madaniyat va san'at sohasida yil homiysi bo‘ldi

Alisher Usmonov Rossiyada madaniyat va san'at sohasida yil homiysi deb topildi, deya xabar bermoqda «Fontanka.ru».

Qayd etilishicha, “San'at, ilm-fan va sport” insonparvarlik jamg‘armasining asoschisi hisoblangan Usmonov Rossiya madaniyatini qo‘llab-quvvatlashga katta hissasini qo‘shdi.

Taqdirlash marosimi IV Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat forumining Etnografik muzeyidagi rasmiy maydonchalaridan birida bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish