Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Allegri: A seriyada 6ta o‘yinda ketma-ket g‘alaba qozonish oson ish emas
Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri A seriyaning 16 turi doirasida "Fiorentina"ga (3:1) qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bizning futbolchilar o‘z sport formalarini ancha yaxshilab olishdi. Rojdestvoga qadar yana ikkita o‘yin o‘tkazamiz (biri Italiya Kubogi doirasid 16 dekabr kuni "Torino"ga qarshi, ikkinchisi A Seriyaning 17 turida, 20 dekabr kuni "Karpi" bilan - kun.uz izohi). Biz yetakchilardan jiddiy ortda qolayotgandik va tanaffusga qadar ularga yanada yaqinlashib olish zarur.
Ayni damda jamoa yaxshi o‘ynayapti, ammo, hali to‘pni nazorat qilish hamda to‘pni oshirishda xatolarni kamaytirish ustida ishlanishi kerak.
A Seriyada ketma-ket oltita g‘alabaga erishib, kuchli to‘rtlikka kirib olish oson bo‘lmadi. Oktyabr oyida qaysi o‘rinda bo‘lganimizni eslasak, qanday katta farqni qisqartirishga erishganimizni anglasa bo‘ladi.
“Inter” hamon favorit, lekin oldinda hali o‘yinlar ko‘p va maqsadimizga asta-sekinlik bilan yaqinlashib boramiz“, – dedi Allegri.