20:51 / 14.12.2015
2538

BMT: fan global muammolarni hal qilishda yordam berishi lozim

Fan insoniyat oldida turgan global muammolarni hal qilishda yordam berishi lozim, deb aytdi BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan BMT bosh kotibi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi yig‘ilishi ishtirokchilariga videomurojaatida.

“Sizlardan bilimlar va fanni insoniyat xizmatiga qo‘yish borasida tavsiya kutib qolamiz. Biz bilimlarni nochorlikni yo‘q qilish, turmush tarzini oshirish, farovonlikni ta'minlash borasida insoniyat xizmatiga qo‘yishimiz kerak”, deb aytdi Pan Gi Mun.

Yig‘ilishda insoniyatning barqaror rivojlanishi masalalari muhokama qilindi.

BMT bosh kotibi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi 2013 yilda tashkil etilgan. Kengash oldida kambag‘allikni yo‘q qilish va barqaror rivojlanishni ta'minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar va xalqaro hajmajiyat faoliyati dasturlari ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Kengash tarkibiga fanning turli sohalarini bildiruvchi turli davlatlardan 26 ta yetakchi olimlar kiritilgan. Kengashning kotibiyati funksiyasi YuNeSKO zimmasiga yuklangan.

Top