Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun YeChLning nimchorak final bosqichi uchun qur'a tashlanadi
Bugun Shveytsariyaning Non shahridagi UYeFA shtab kvartirasida YeChL 1/8 finaliga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi va guruh bosqichidan chiqqan jamoalar o‘zlarining navbatdagi raqiblari nomlarini bilib olishadi.
Guruhlardan birinchi o‘rinni egallagan holda chiqqan jamoalar boshqa guruhlarning g‘oliblari bilan duch kelishmaydi.
16ta klub ikkita savatchaga ajratilgan: Bitta guruhda ishtirok etgan va bitta davlat klublari bu bosqichda o‘zaro to‘qnash kelishmaydi.
Bundan tashqari Rossiya va Ukraina klublari ham o‘zaro o‘ynamasligi ta'minlanadi.

Guruh g‘oliblari: «Real», «Volfsburg», «Atletiko», «Manchester Siti», «Barselona», «Bavariya», «Chelsi», «Zenit».
Ikkinchi o‘rin bilan chiqqanlar: PSJ, PSV, «Benfika», «Yuventus», «Roma», «Arsenal», «Dinamo» Kiyev, «Gent».
Nimchorak finalning ilk uchrashuvlari 16-17 va 23-24 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yinni guruh g‘oliblari safarda o‘tkazishadi. Javob bahslari 8-9 va 15-16 mart kunlariga belgilangan.
Qur'a tashlash marosimi bugun Toshkent vaqti bilan soat 16.00da boshlanadi.
UZREPORT TV UYeFA ushbu marosimni jonli efirda ko‘rsatadi.