2015 yili Buxoro viloyatida 29.7 km yo‘llar rekonstruksiyasi va kapital ta'mirlanishi yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Prezidentning 2014 yil 17 noyabridagi “O‘zbekiston Respublikasining 2015 yilgi investitsion dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xalqaro ahamiyatga ega M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 311-321 i 336-346 kilometrlaridan iborat jami 19.7 km li yo‘llardagi rekonstruksiya ishlari yakunlandi, deb xabar beradi “O‘zavtoyo‘l” DAK matbuot xizmati.
Ishlar “O‘zavtoyo‘l”ning Qorovulbozor va Romitan tumanlaridagi ta'mirlash-ekspluatatsiya pudratchi korxonalari tomonidan amalga oshirildi.
Yil oxiriga qadar yana 10 km yo‘l rekonstruksiyadan chiqadi, bu o‘sha avtomobil trassasining 188-198 km masofalaridir. Mazkur ishlar Kogon tumani hududida o‘tkaziladi.