16:33 / 14.12.2015
4741

Daily Sabah: G‘arbning aksilterror faoliyati musulmonlarni shubhaga solmoqda

Qohira, Istanbul yoki Dehlida yashayotgan oddiy musulmonlar Yevropa va AQSh tomonidan olib borilayotgan aksilterror harakatlarni qo‘llab-quvvatlamaslik kerak, deb hisoblaydi. Ularning fikricha, mazkur harakatlarda faqatgina G‘arb milliy manfaatlarini ilgari surishga urinish mavjud, deya xabar bermoqda The Daily Sabah gazetasi.

Maqola muallifining fikricha, yaqindagina amerikalik siyosatchi Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan taklif – musulmonlarni mamlakatga kiritmaslik “ko‘rolmaslikni alangalatishning istisnoli misoli” emas, balki mamlakat tashqi siyosatining tabiiy oqibatlaridan biri hisoblanadi. Trampning islomning Yevropa qadriyatlariga tahdid solayotgani haqidagi bayonotlari va Turkiyaning YeIga a'zo bo‘lishiga chek qo‘yishga urinishlari islom jamiyatining G‘arbga nisbatan ishonchiga ham putur yetkazmoqda.

Barcha rivojlangan mamlakatlar, jumladan, Rossiya va Xitoy ksenofobiyaning o‘sayotgani Yevropada borgan sari keng tarqalgan hodisaga aylanayotgani to‘g‘risida suhbat qurishdan qochishmoqda, deya qayd etmoqda nashr.
Yaqin Sharqdagi inqirozga Amerika va Rossiyaning aralashuvi adolat, qadr-qimmat va ozodlik uchun kurashni xunuk sektant urushga aylantirdi, bunda har qaysi tomon qaysidir bir G‘arb mamlakatining manfaatlariga xizmat qiladi.

IShID ustidan g‘alaba qozonish yoki Suriya prezidenti Bashar Asad tuzumining o‘rnatilishi terrorizmni ildizidan qo‘porib yubormaydi, deya ta'kidlamoqda maqola muallifi. Terrorizm ustidan g‘olib chiqish uchun aynan musulmonlarning o‘zlari bu jarayonda ishtirok etishlari lozim, deya qo‘shimcha qilinadi.

Top