Jahon | 19:34 / 14.12.2015
4860
2 daqiqa o‘qiladi

Dovudo‘g‘li: Turkiyada Rossiya uchun yaxshi munosabatlar eshigi doim ochiq

Turkiya Rossiya bilan munosabatlarni normallashtirishga qarshi emas, biroq u bo‘lib o‘tgan ishlar yuzasidan uzr so‘rash va yoki kompensatsiya to‘lash niyatida ham emas.

Ushbu fikrni Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li A Haber telekanalida chiqishi paytida aytib o‘tgan.

"Biz boshidanoq ochiq siyosat yuritdik va har qanday muzokarada shundayligimizcha qolamiz. Bu voqea (Su-24) shuning uchun sodir bo‘ldiki, begona harbiy samolyot bizning havo hududimizni kesib o‘tdi, - deb ta'kidladi u. – Unga qarshi choralar chegaralarimiz xavfsizligini ta'minlash mkaqsadida qilindi. Bu boshqa mamlakatga qarshi qaratilgan aksiya emas. Bu borada muzokarani uzr so‘rash va kompensatsiya bilan bog‘lamay boshlash zarur”.

Rossiya gazini mamlakatga olib kelish borasida tug‘ilgan muammolar haqida Dovudo‘g‘li “ayni damda gaz masalasida hech qanday muammo yo‘q”ligini ta'kidlab o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish