13:34 / 14.12.2015
11054

Erdo‘g‘an: Turkiya Rossiya bilan strategik munosabatlarni rivojlantirishni istaydi

Turkiya Rossiya bilan ixtilofning davom etishini istamaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bayonot berdi.

Turkmanistonga ketayotganida Erdo‘g‘an samolyot ichida uni kuzatib borayotgan jurnalistlar bilan muloqot qildi. Suhbat chog‘ida u rasmiy Anqara hanuzgacha o‘rtadagi muammolar unutilib, ilgarigidek strategik munosabatlarni rivojlantirishda davom etilishiga ishonch bildirdi.

“Turkiyaga kelsak, biz ixtilof tarafdorlari emasmiz. Biz Rossiya bilan strategik munosabatlarimizni ilgarigidek ruhda davom ettirmoqchimiz. Biz ularni oxirgi 10-11 yil muvaffaqiyat bilan rivojlantirdik, va biz bu siyosatni davom ettirish tarafdorimiz”, - uning so‘zlarini keltiradi Habertürk telekanali.

Top