Jamiyat | 13:26 / 14.12.2015
2181
1 daqiqa o‘qiladi

Globe and Mail: Torontoga tashrif buyurgan qochqinlar Kanada hayoti bo‘yicha darslik bilan ta'minlanadi

Torontoga yetib kelgan qochqinlarga Kanada haqida darsliklar yetkaziladi, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asosiy masala va qiyinchiliklar bo‘yicha maslahatlar beriladi. Bu haqda The Globe and Mail nashri yozmoqda.

Aytilishicha, instruktajlar Humanity First nomli mahalliy xayriya jamiyati tomonidan moliyalashtirilmoqda. Oxirgi 4 yil mobaynida tashkilot Kanadaga 1 200 qochqin ko‘chib kelishiga yordam bergan.

Konsultatsiyalar chog‘ida muhojirlar shirin kulchalar va pitssa bilan mehmon qilinadi, shundan so‘ng ularga tibbiy sug‘urta va haydash ruxsatnomasi, bank hisoblari ochish, Kanada valyutasi singari masalalarda ma'lumot beriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish