Jahon | 10:15 / 14.12.2015
7195
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In moliyaviy sohada radikal choralar ko‘rilishini ma'lum qildi

Shimoliy Koreya yetakchisi Pxenyanda bo‘lib o‘tgan uchinchi Koreys moliyachilari konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida rivojlangan davlatni yaratish jarayonini tezlatish uchun mamlakat moliya tizimida radikal choralarni qo‘llash zarurligi haqida to‘xtalib o‘tdi, deya xabar bermoqda Ryonhap agentligi.

“Ishonchli moliyaviy manbalar milliy qudratimizni quvvatlantirish va buyuk taraqqiyotga erishish yo‘lida milliy jannatni yaratish uchun zarur”, - dedi u.
O‘z navbatida, KXDR bosh vaziri o‘rinbosari Ro Du Chxol mamlakat barcha moliyaviy muvaffaqiyatlarga Kim Ir Sen, Kim Chen Ir va Kim Chen In sharofati bilan erishganini ta'kidlab o‘tdi.

Bundan avvalroq esa Shimoliy Koreya 25 yil ichida ilk marotaba moliyaviy masalalarga bag‘ishlangan majlis o‘tkazgani ma'lum qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish