07:27 / 14.12.2015
4973

La Liga, 15-tur: "Real" "Vilyarreal"ga yutqazdi, "Atletiko" "Atletik"ni yengib, "Barselona"ga yetib oldi

13 dekabr oqshomida Ispaniya chempionatining 15 turi doirasida yana 3ta o‘yin o‘tkazildi.

"Vilyarreal" - "Real"
"Barselona" ochko yo‘qotgan turda "Real Madrid" g‘alaba qozonib, asosiy raqibiga yaqinlashib olish imkoniyatidan foydalana olmadi. Bunga "Vilyarreal" yo‘l qo‘ymadi.
O‘yinning 4-daqiqasida Jonaton dos Santos yo‘llagan zarba ustunni larzaga keltirgan bo‘lsa, oradan 5 daqiqa o‘tib, Keylor Navas o‘z "ustun"lari (oyoqlari) orasidan to‘pni o‘tkazib yubordi. Modrich o‘z jarima maydonchasi yaqinida to‘pni oldirib qo‘ydi va Bukambu jamoadoshi Soldadoni birga bir vaziyatga chiqardi. Roberto vaziyatdan oqilona foydalandi va hisobni ochdi.
Bu mag‘lubiyatdan keyin madridliklar hisobidagi ochkolar soni 30taligicha qolmoqda va jamoa uchinchi o‘rinda.

Vilyarreal – Real 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 8 Soldado
Vilyarreal – Areolya, Musakko, Kosta, Bayi (Rukavina, 84), Ruis, Dos Santos, Trigeros (Pina, 90), Soriano, Suares, Bakambu, Soldado (Matias Nauel, 83).
Real Madrid – Navas, Pepe, Marselo (Xese, 89), Danilo, Ramos, Xames, Kazemiro (Kovachich, 79), Modrich (Isko, 78), Beyl, Ronaldu, Benzema.
Ogohlantirishlar: Marselo (31), Ramos (66), Bayi (72), Suares (90).

"Atletiko" - "Atletik"
Madridning "Atletiko" klubi Ispaniya chempionati 15 turida o‘z maydonida "Atletik"ni qabul qildi va irodali g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvda hisobni mehmonlar ochgan bo‘lsada, yakunda mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi qayd etilgan. Ushbu g‘alabadan so‘ng madridliklar hisobidagi ochkolar soni 35 taga yetdi va Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘ringa qaytishdi. Musobaqa yetakchisi "Barselona" hisobida ham aynan shuncha ochko bor, ammo kataloniyaliklar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobiga birinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Atletiko – Atletik 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 27 Laport, 1:1 – 45 Saul, 2:1 – 67 Grizmann.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Saul, Gabi, Ferreyra Karrasko (Korrea, 58), Koke, Grizmann (Savich, 88), Vetto (Torres, 61).
Atletik – Iraysos, Laport, Echeyta, Balensiaga, De Markos, Iturraspe (Mikel Riko, 59), Benyat, Raul Garsiya, Boveda (Susayeta, 71), Aduris, Inyaki Uilyams (Kike Sola, 86).
Ogohlantirishlar: Aduris (74), Gabi (85).

"Eybar" - "Valensiya"


Gari Nevill boshqaruvidagi ikkinchi o‘yinda ham "Valensiya" g‘alaba qozona olmadi. Bu turda "Eybar" bilan safarda o‘ynagan vigoliklar 1:1 hisobidagi durang bilan qaytishdi.
Endilikda jamoa hisobidagi ochkolar soni 15 o‘yindan keyin 21ta bo‘lib turibdi - 8 o‘rin. "Eybar" esa 10 o‘rinda joylashgan (21 ochko).

"Eybar" – "Valensiya" – 1:1 (1:0)
Gollar: Serxio Enrich, 45 (1:0). Xunka, 85 – avtogol (1:1).
Amalga oshirilmagan penalti: Berxon ("Eybar"), 66 (darvozabon)
"Eybar": Aser Riyesgo, Ramis, Dos Santos, Xunka, Kapa, Dani Garsiya, Eskalante, Keko (Xayrovich, 89), Serxio Enrich, Borxa Baston (Adrian Gonsales, 78), Berxon (Inui, 85).
"Valensiya": Domenech, Barragan (Negredo, 76), Mustafi, Abdennur, Orban, Joau Kanselu, Fuego, Andre Gomesh, De Paul (Pyatti, 46), Danilu (Xose Gayya, 68), Pako Alkaser.
Ogohlantirish: Dos Santos, 15. De Paul, 31. Orban, 47. Mustafi, 65. Kapa, 69. Xunka, 71. Dani Garsiya, 74. Fuego, 84.
Chetlatish: Orban (Valensiya), 63. Ramis (Eybar), 90+2.

Top