19:01 / 14.12.2015
2924

"Lokomotiv" futbolchisi: Bu bosqichda Turkiya jamoasi raqib bo‘lishini istamagandim

Yevropa ligasining 1/16 final bosqichiga qur'a tashlangach, Moskvaning "Lokomotiv" klubi Turkiyaning "Fenerbahche"ga jamoasiga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.

"Lokomotiv" jamoasi futbolchilaridan biri Roman Shishkin qur'ada "Fenerbahche" tushishi kutilgan eng yaxshi variant bo‘lmagani haqida aytib o‘tdi. U bu jamoani yengish mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

"Boshqa jamoa raqib bo‘lgani yaxshi edi. Lekin "Fenerbahche" ham yomon variant emas. Biz turklarning qanday futbol o‘ynashini bilamiz. Ulardan o‘ta olamiz. Biz bunga tayyormiz", deydi futbolchi "Match TV" telekanali efiri orqali.

"Turkiya futboli hujumkor o‘yinga asoslangan. Biz bundan foydalanishimiz va qarshi hujumlarda raqibni ushlashimiz kerak bo‘ladi", deya qo‘shimcha qilgan u.

Bundan oldinroq, Rossiya Futbol ittifoqining faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov bu vaziyat yuzasidan fikrlarini bildirib, UYeFA Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi mavjud siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda bu ikki jamoani bir-biriga uchrashtirmaslikning chorasini qilishi kerak bo‘lgani haqida aytgandi.

Top