Texnologiya | 19:59 / 14.12.2015
5757
1 daqiqa o‘qiladi

Matiz va Orlando Rossiyada “Yil avtomobillari ro‘yxati”ga kirdi

O‘zbek avtomobillari o‘z o‘ynalishlari bo‘yicha yilning top-20 ro‘yxatiga kirdi.

Uz-Daewoo Matiz “Ayollar avtomobili” yo‘nalishida 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ro‘yxatni Kia Picanto, Nissan Juke va Hyundai Solaris boshqarib turibdi. Uz-Daewoo Matiz o‘zining raqobatchilari Mazda 3, Audi A1 va Toyota RAV 4 dan ilgarilab ketgan.

“Oilaviy avtomobil” yo‘nalishida Chevrolet Orlando 12 o‘rinni band etgan. Ushbu yo‘nalish ro‘yxatini Lada Largus boshqarib turibdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda — Volkswagen Touran va Hyundai H-1 bormoqda.

Synovate Comcon tadqiqot kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan ushbu so‘rovda 40 mingga yaqin kishi qatnashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish