Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:23 / 14.12.2015
3120
1 daqiqa o‘qiladi
Merkel: Germaniya qochqinlar oqimini keskin kamaytirmoqchi
Germaniya hukumati mamlakatga kelayotgan qochqinlar sonini keskin kamaytirmoqchi, deb aytdi Germaniya kansleri Angela Merkel. Bu haqda ARD telekanali ma'lum qildi.
Merkelning izohlashicha, Germaniya o‘z kelajagi haqida qayg‘urayotgan odamlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan, shuning uchun hukumat kelayotgan qochqinlar sonini qisqartirmoqchi.
Avvalroq Germaniya ichki ishlar vaziri Tomas de Mezer mamlakat chegaradayoq qochqinlarga rad javobini berishni boshlashi mumkinligini ma'lum qilgandi.