Jahon | 18:55 / 14.12.2015
4975
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni uzaytirish to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblamoqda

Germaniya kansleri Angela Merkel Germaniyaga Rossiya bilan yaxshi munosabatlar kerakligiga qaramasdan, Ukrainadagi ixtilof tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish to‘g‘ri bo‘ladi, deb hisoblamoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Yevropa Ittifoqi Rossiyaga sanksiyalar qo‘llab, birgalikda harakat qildi va bu sanksiyalar Minsk kelishuvlari amalga oshirilgandagina bekor qilinishini aytdi. Bu masala dekabrda Yevropa kengashida yana ko‘rib chiqiladi va mening fikrimcha, Rossiya bilan qanchalik yaxshi munosabatlar istamaylik, bu to‘g‘ri munosabat bo‘lgan. Bizning tamoyillarga amal qilinishi kerak”, deb aytdi Merkel.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish uchun hech qanday to‘siq ko‘rmayotganini aytgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish