Jahon | 13:11 / 14.12.2015
2757
2 daqiqa o‘qiladi

National Interest: migratsion inqiroz Yevropani o‘z qadriyatlarini unutishga majbur qilish mumkin

Tobora avjiga chiqayotgan migratsion inqirozni yengib o‘tish yo‘lida Yevropa Ittifoqi o‘z qadriyatlarini unutishga va Turkiyada inson huquqlari buzilishiga ko‘z yumishga tayyor, deb yozmoqda National Interest gazetasi.

Maqola muallifining eslatib o‘tishicha, Yevropa Turkiyaga 3 mlrd yevro taqdim etishga tayyor, shuningdek, Anqaraning YeIga kirishi borasidagi muzokaralarni tezlashtirish va viza tartibini yumshatish evaziga undan Suriyadan qochqinlar kelishini susaytirishni so‘raydi.

Aytilgan summaning eng katta qismini – 534 mln yevroni Germaniya to‘laydi. Buyuk Britaniya gardaniga 410 mln, Fransiyaga esa 386 mln yevro to‘g‘ri keladi. Markaziy va Sharqiy Yevropaning ayrim davlatlari bunday tashabbusga qarshi chiqishdi, negaki YeI tarkibiga kirmaydigan davlatga buncha pul berishni ishonchsiz qadam deb baholashdi.
Nashr yaqinda sodir bo‘lgan teraktlardan so‘ng Yevropa egallagan pozitsiyani “surbetlik” deb baholadi. Tahlilchi Fadi Xakuraning ta'kidlashicha, Turkiyaning YeIga a'zo bo‘lishidan asosiy maqsad iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlagan bo‘lib, mamlakatda demokratiyani rivojlantirish maqsadi qo‘yilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish