Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:51 / 14.12.2015
3662
1 daqiqa o‘qiladi
Oregon shtatida poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida katta yong‘in kelib chiqdi
AQShning Oregon shtatida joylashgan Portlend shahrida poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida jiddiy yong‘in kelib chiqdi, deb xabar bermoqda KOIN 6 telekanali. Yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘lgan.
Mahalliy politsiyada ta'kidlanishicha, poyezdning asfalt ortilgan 6 ta sisternasi alanga ichida qolgan, yuk mashinasi tirkamasidagi yonuvchi materiallar ham alangalangan.
Yaqin atrofdagi binolardan odamlar evakuatsiya qilingan, yo‘llar yopib qo‘yilgan.