Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik bouling ustasi Olmaotadagi turnirda g‘olib bo‘ldi
O‘zbekistonlik bouling ustasi Bekzod To‘xtaniyozov 9-13 dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan bouling bo‘yicha «Almaty Open-2015 II» xalqaro turnirida ketma-ket ikkinchi marta bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston kegel sporti federatsiyasi xabar tarqatmoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, joriy yilning oktabr oyida «Almaty Open-2015» birinchi musobaqasi bo‘lib o‘tgan va unda ham Bekzod birinchi o‘rinni egallagandi.
To‘xtaniyozovning ikkita yutug‘idan keyin o‘zbekistonlik boulingchilarning xalqaro maydondagi yutuqlari soni 3taga yetdi. Bungacha Baxtiyor Dalabayev «Bishkek Open-2014» turnirida bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi.
Ma'lumot uchun turnirda To‘xtaniyozovdan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida besh nafar boulerlar Fazliddin Mirjalilov (7-o‘rin), Mirvohid Soatov (10), O‘tkir Yoqubov (18), Xondamir Shoabdurahmonov (25) va Fayzulla Nosirovlar (32) ishtirok etishdi.