09:02 / 14.12.2015
2786

Pekin havosidagi zararli moddalar miqdori me'yordagidan 20 barobar ortib ketdi

Pekin Ekologik monitoring markazi ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy poytaxti havosidagi inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan qattiq moddalar miqdori bir kub metrda 500 mikrogrammni tashkil etmoqda.

Zararlanishning mazkur darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiya etgan me'yoridan 20 foizga ko‘p demakdir.

Qayd etilishicha, shahar yo‘llarida ko‘rish darajasi yomonlashgani sababli mahalliy hokimiyat shahar aholisiga ko‘chaga chiqmaslikni yoki nafas yo‘llarini himoya qilish maqsadida maxsus niqoblarni taqib yurishni tavsiya qilmoqda.

Top