01:03 / 14.12.2015
2698

Pensilvaniya shtatidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 25 kishi jarohat oldi

AQShning Pensilvaniya shtatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 25 kishi jarohat oldi. Bu haqda Vashington okrugi politsiyasi xabar berdi.

YTH aybdori deb topilgan yo‘ltanlamas avtomobili haydovchisi yo‘nalish avtobusining oldini to‘sgan. Ko‘p tonnali avtobus metall panjara va chiroq ustuniga urilgan, so‘ngra ag‘darilib, bir necha marta dumalagan. Haydovchi zarbadan oynani urib chiqarib, yo‘l chetiga uchib chiqqan.

Haydovchi shifoxonaga yetkazilgan, uning ahvoli xavotir uyg‘otmayapti. 24 nafar yo‘lovchi mayda jarohatlar olgan. Yo‘ltanlamas haydovchisiga umuman hech narsa qilmagan. Politsiya unga nisbatan avtomobilni ehtiyotsizlik bilan haydash bo‘yicha ayblov qo‘ymoqchi.

Top