Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Petr Chex 169-marta "quruq o‘yin" o‘tkazib, APL rekordini takrorladi
"Arsenal" jamoasi darvozaboni Petr Chex "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab, o‘z natijasini yanada yaxshiladi.
Bu uning APL o‘yinlaridagi 169-marta "quruq o‘yin" o‘tkazishi bo‘ldi. Endi u o‘z faoliyatini allaqachon yakunlagan Devid Jyeyms bilan bir xil natijani qayd etib turibdi. Jyeyms APLda o‘tkazgan 572 o‘yinidan 169tasida o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormaslikka erishgandi. Chex hisobida esa APLda o‘tkazilgan 349ta o‘yin bor va u shundan 169tasida o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormagan.
Qayd etish kerakki, Chex "Arsenal"ga shu yilning yozida "Chelsi"dan kelib qo‘shilgan va "quruq o‘yinlari"ning asosiy qismini "nafaqaxo‘rlar" safida o‘tkazgan 11 mavsumi davomida qayd etgan. "Arsenal"ga kelib esa 11ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini ta'minladi.