Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 14:51 / 14.12.2015
2844
1 daqiqa o‘qiladi
«PSJ» Pogbani sotib olsa, Verratti «Barselona»ga o‘tishi mumkin
Fransiyaning «PSJ» klubi yarimhimoyachisi Marko Verratti mavsum yakunlangach, faoliyatini Kataloniyaning «Barselona» klubida davom ettirmoqchi.
El Mundo Deportivo nashrining yozishicha, 23 yoshli italiyalik futbolchi klub fransiyalik boshqa bir futbolchi Pol Pogbani sotib olgan taqdirda «Barselona»ga o‘tishga qarshi bo‘lmaydi.
Qayd qilinishicha, Verrattiga «Barselona»dan tashqari ingliz jamoalari va Turinning «Yuventus» klubi ham qiziqish bildirgan.