Jahon | 14:37 / 14.12.2015
2655
2 daqiqa o‘qiladi

Qohirada A321da terakt sodir etilganini isbotlovchi dalillar yo‘q ekani aytilmoqda

Misr tergovchilari Sinay yarim orolida 31 oktabrda halokatga uchragan Rossiyaning A321 samolyoti bortida qo‘poruvchilik harakati sodir etilganini isbotlovchi hech qanday daliliy ashyolar mavjud emasligini ta'kidlamoqda, deya xabar berdi Reuters.

Bundan avvalroq Qohira samolyot halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni tayyorlash ishlari yakuniga yetganini ma'lum qilgan edi.
“Teznik tergov qo‘mitasi hozircha noqonuniy bosqinchilik yoki terroristik harakatiga ishora beradigan hech narsani topgani yo‘q”, - deyiladi Misr Fuqarolik aviatsiyasi vazirligi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 31 oktabr kuni Misrning Sharm-al-Shayx shahridan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga parvoz qilayotgan “Kogalymavia” aviakompaniyasiga tegishli Airbus A321 samolyoti Misrning Sinay yarim oroli hududida halokatga uchragan edi. Ushbu hodisa natijasida samolyot bortidagi barcha 217 yo‘lovchi hamda yetti nafar ekipaj a'zosi halok bo‘lgan.
17 noyabrga kelib FXX samolyot bortida terakt sodir etilganini tasdiqladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish