Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik inspektorlar Turkiya ustidan kuzatuv parvozini amalga oshiradilar
Ochiq osmon kelishuvi doirasida rossiyalik inspektorlar 14-18 dekabr kunlari An-30B samolyotida Turkiya ustidan kuzatuv parvozini amalga oshiradilar, deb xabar berdi Yadroviy xavfni kamaytirish milliy markazi boshlig‘i Sergey Ryjkov. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
“Kuzatuv parvozi 14-18 dekabr kunlari Erzurum aerodromidan maksimal uzoqligi 1,5 ming km ni tashkil qiluvchi masofada amalga oshiriladi. Kuzatuv parvozi kelishuvga a'zo davlatlar harbiy faoliyatining oydinligi va shaffofligiga ko‘maklashish hamda ishonch choralarini mustahkamlash orqali xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida bajariladi”, deb aytdi Ryjkov.
Ryjkovning ta'kidlashicha, kuzatuv samolyoti Turkiya bilan avvaldan kelishilgan yo‘nalish bo‘yicha parvozni bajaradi, samolyot bortida bo‘ladigan turk mutaxassislari kuzatuv texnikasidan foydalanish tartibini va kelishuvdagi qoidalarga amal qilinayotganini nazorat qilib boradilar.