Jamiyat | 22:46 / 14.12.2015
75312
10 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning O‘zbekistonda tug‘ilgan mashhurlari

O‘zbekistonda tug‘ilgan ko‘plab insonlar chet ellarda ulkan muvaffaqiyatlarga erisha olgan. Ular orasida hatto Rossiyaning eng boy insoni, mashhur san'atkorlar, yozuvchilar, siyosatchilar va tijoratchilar bor.

Makebiz.uz sayti O‘zbekistonda tug‘ilib, Rossiyaning va Qozog‘istonning eng mashhur shaxslariga aylana olgan mana shunday insonlar haqida qisqacha ma'lumot tayyorladi.

Alisher Burxonovich Usmonov

Yoshi: 62
Tug‘ilgan joyi: Chust
Faoliyat turi: Tijoratchi, USM Holdings asoschisi
Muvaffaqiyat siri: Uyg‘unlashmaydigan narsalarni uyg‘unlashtirish qobiliyati
O‘zi haqida: Men hamma narsani ishonch yoki his-tuyg‘u bilan berib yuboradigan odam emasman, men barcha kompaniyalarni juda chuqur o‘rganaman
Pul haqida: Pul vijdonni o‘ldirmasligi lozim. Vijdonim bilan kelishaman. Va bu hayotimdagi asosiy maqsaddir
Biznes haqida: Men ixtiyorsiz biznesga kirib qolganman. Shaxsiy daromad asosiy maqsadim emas. Turli nashrlar tuzadigan reytinglar har qanday boy insonning real daromadini aks ettirmaydi. Raqamlar xatoligi uchun emas, negaki insonning daromadi u umri davomida o‘zi va yaqinlariga, xayriyaga ishlata oladigan mablag‘ bilan hisoblanadi. Qolgani esa uniki emas. Investitsiyalarim menga yangi boshlanmalar qilish, shuningdek, yirik xayriya va ijtimoiy loyihalarni realizatsiya qilish imkonini beradi. Aftidan, yaqin orada o‘zimning asosiy tashkilotim sifatida “San'at va sport” xayriya jamg‘armasini ko‘ra boshlayman.

Pattoh Qayumovich Shodiyev

Yoshi: 62
Tug‘ilgan joyi: Jizzax
Faoliyat turi: Qozog‘istondagi eng yirik ENRC tog‘-kon sanoati kompaniyasi asoschi va xo‘jayinlaridan biri
Muvaffaqiyat siri: Har qanday biznes sotilishi mumkin, agar foyda, zarurat va istiqbol bo‘lsa

Iskandar Qahramonovich Mahmudov

Yoshi: 51
Tug‘ilgan joyi: Buxoro
Faoliyat turi: Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasi asoschisi va prezidenti
Muvaffaqiyat siri: Mustaqillik va ehtiyotkorlik
O‘zi haqida: “Qo‘rqish” so‘zi menga mutlaqo yoqmaydi
Pul haqida: Pul to‘la tobutda yotgandan ko‘ra rafiqam va bolalarim bilan yashashni ma'qul ko‘raman.
Biznes haqida: Biznesda hech narsadan qo‘rqish kerak emas. Hadiksirash kerak. Bizdan ham shu jumladan. Chunki biz hech qanday xafagarchilikni unutmaymiz.

Lev Avnerovich Levayev

Yoshi: 59
Tug‘ilgan joyi: Samarqand
Faoliyat turi: Lev Leviev Group xoldingi egasi va rahbari, Africa Israel Investments xoldingi xo‘jayinlaridan biri.
O‘zi haqida: Avlodlarimdan har biriga bittadan imperiya kompaniya qoldirmoqchiman, ular janjallashib, bir-biridan xafa bo‘lmasligi uchun
Ish haqida: Ishlab topishga majburman, negaki ehson qilishga burchliman

Irina Viner

Yoshi: 67
Tug‘ilgan joyi: Samarqand
Faoliyat turi: Badiiy gimnastika murabbiyi
Muvaffaqiyat siri: O‘rtaliq hech qachon yetarli bo‘lmaydi
O‘zi haqida: Moliyaviy jihatdan mustaqilman, shuning uchun xohlaganimni qilishim mumkin, lekin ishsiz o‘tirishni istamayman. O‘ylaymanki, erkinlik biz o‘zimiz tanlaydigan zanjirning uzunligidir. Men qisqa zanjir tanladim, lekin bu menga yoqadi, nolimayman.

Alina Maratovna Kabayeva

Yoshi: 32
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Faoliyat turi: Siyosat va jamoat arbobi. “Natsionalnaya media gruppa” xoldingi direktorlar kengashi raisi
Muvaffaqiyat siri: O‘ziga bo‘lgan ishonch odamni olg‘a boshlaydi. Men yutqizishni istamayman. Mayli bugun yutmay, lekin ertaga yutishimni aniq bilaman
O‘zi haqida: Sharqona tarbiyamga minnatdorman. Hatto eng kuchli va omadli ayol ham erkak kishi asos ekanligini tushunishi lozim
Gimnastika haqida: Badiiy gimnastika balet emas, u yerda faqat muxlislar bor. Bu yerda esa sudyalar, baholar bor, demak, bu ko‘proq san'at emas, sportdir

Muxtorali Hasanboyevich – Maks Ibragimov

Yoshi: 60
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati, Bergalik qishlog‘i
Faoliyat turi: Kaliningraddagi “Maksik” mebel fabrikasi asoschisi. Kaliningraddagi mashhur kafedral soborning organ turadigan qismini qayta tiklagan
Muvaffaqiyat siri: Stereotiplarni buzib tashla
O‘zi haqida: Yer yuzida 7 mlrd odam yashaydi. Shulardan 6 mlrdi menga o‘xshashni istaydi

Ish haqida: Ishchi ma'lum vaqt ichida beshta tirsaklagich yasashi lozim. To‘rttasini to‘g‘irlab chiqishi lozim, negaki keyingi navbatning ishonchini oqlamadi. Beshtasini esa ideal darajada yasashi lozim. Kengayish mumkin emas – sifatni yo‘qotasan. Ko‘p divan istasang, boshqa mintaqada fabrika qurish lozim. Bu menga kerakmi? Narigi dunyoga baribir bitta kursi ham olib keta olmaysan. afsus
Pul haqida: Bir vaqtlar men ham boylardan nafratlanardim. Inson qanday xohlasa, shunday yashashga erkli. Lekin vaqtning 20 foizidan kam bo‘lmagan qismini

Ilhom Ismoilov

Yoshi: 35
Tug‘ilgan joyi: Andijon
Faoliyat turi: Osh yetkazuvchi Plov.com servisi asoschisi
Muvaffaqiyat siri: Talab bor ekan, chiroyli taklif yaratish kifoya
Ish haqida: Servisning birlamchi maqsadi odamlarga quvonch va tabassum ulashish. Bu o‘ziga xos ijobiy bezorilikdir

Dmitriy Vadimovich Xaratyan

Yoshi: 55
Tug‘ilgan joyi: Olmaliq
Faoliyat turi: Kino va teatr aktyori
Muvaffaqiyat siri: Men bilan bo‘lgan hamma narsa shunchaki omad va tasodifdir
O‘zi haqida: Men idealistman
Ish haqida: Asosiy rollarimning ko‘pchiligi ijobiy personajlardir. Men xarakterli aktyorman, lekin menga ko‘proq jazmanlar va romantiklar rolini taklif qilishadi. Ammo bu ampluada aniq yosh chegaralari mavjud. Bu menga jismonan to‘g‘ri kelmaydi. Lekin nolisam gunoh bo‘ladi. Kinoda turg‘unlik bo‘lganida ham suratga tushishda davom etdim. Har doim omadim chopgan.

Bahodir Tursunovich Yo‘ldoshev

Yoshi: 41
Tug‘ilgan joyi: Kattaqo‘rg‘on
Faoliyat turi: Teatr va kino aktyori, teatr rejissyori, klipmeyker
Muvaffaqiyat siri: O‘zingni o‘zing yarat
O‘zi haqida: Balandparvoz eshitilsa ham, men o‘z Vatanimni sevaman!
Pul haqida: Men moddiy jihatdan boy emasman, lekin besh nafar bolam va go‘zal rafiqam borligi bilan boyman. Bu hayotimdagi asosiy yutug‘imdir.
Ish haqida: Klip muxlis diqqatini eng boshidan jalb etishi lozim. Odamga tegib ketishi kerak. Klipning asosiy vazifasi ijrochining his-tuyg‘ularini yetkazib berishdir.

Nargiz Po‘latovna Zokirova

Yoshi: 44
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Faoliyat turi: Xonanda
Muvaffaqiyat siri: Umidsizlikka tushma. Ba'zan qora chiziq uchish chizig‘i bo‘lib chiqadi
O‘zi haqida: Men juda kamtarin va uyatchan insonman. Bugun o‘zimda bor narsaga e'tiborliman
Ish haqida: O‘z chiqishlarimdan kamdan-kam ko‘nglim to‘ladi. Har safar yanada yaxshiroq aytishim mumkinligini tushunaman. Lekin “Yulduzman, hammasiga erishdim”, degandan ko‘ra shu ma'qul. Bu ijodiy o‘lim bo‘ladi.

Sevara Anvarjonovna Nazarxon

Yoshi: 38
Tug‘ilgan joyi: Asaka
Faoliyat turi: Xonanda, bastakor
Muvaffaqiyat siri: Do‘stlarim boyligimdir
O‘zi haqida: Toshkentda propiskadan o‘tganimni aytishni yaxshi ko‘raman. Men bundan faxrlanaman va bu yerdan hech qayerga ketmayman
Ish haqida: Men ko‘ngilochar xonanda emasman. Men musiqiy yo‘l bilan hikoya qilaman. Men o‘zimni topdim, bu menga qulay, men shu bilan tirikman. Asosiysi, hammasini halol qilishni istayman.

Oksana Vladimirovna Nechitaylo (So‘g‘diyona)

Yoshi: 31
Tug‘ilgan joyi: Zarafshon
Faoliyat turi: Xonanda, kino aktrisasi
Muvaffaqiyat siri: Tasodiflar tasodif emas
O‘zi haqida: Kekkayish menga xos emas. Men atrofimdagilarga diqqat qilaman
Ish haqida: Rivojlanishni, katta va kichik maqsadlarga erishishni istayman. Divanda o‘tirish juda oson, shunda hayot yoningdan o‘tib ketadi. Mening orzuim esa kuylash, kuylash va kuylashdir.

Ravshana Kurkova

Yoshi: 35
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Faoliyat turi: Kino aktrisasi
Muvaffaqiyat siri: Nima xohlashimni bilaman. Aynan shu menga olg‘a intilishga kuch beradi
O‘zi haqida: Men baxtli insonman, negaki chinakamiga yaxshi ko‘rgan ishim bilan shug‘ullanaman
Ish haqida: Har qanday ijodkor o‘z “qulaylik zona”sidan chiqa bilishi lozim
Ish haqida: Har qanday sohada mehnat omadning 70 foizidir

Dilbar Fayziyeva

Yoshi: 25
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Faoliyat turi: Jurnalist, teleboshlovchi
Muvaffaqiyat siri: Barcha javoblar o‘zimizda, lekin ularni kundalik shovqin ichida eshitishga qiynalamiz
O‘zi haqida: Men introvertman. Qaror qabul qilish uchun sukutga cho‘mib, uni ichimdan o‘tkazaman
Ish haqida: To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda ishlash – bu haqiqiy drayv! Buni bir bora tuyib, busiz yashay olmay qolasiz. Lekin bu jiddiy tayyorgarlikni ham talab qiladi