12:35 / 14.12.2015
5365

Rustam Azimov Xitoyda ShHT a'zolarining hukumat rahbarlari majlisida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya 14-15-dekabr kunlari Chjyenchjou shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar hukumat rahbarlari (bosh vazirlar) kengashining 14-majlisida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari ShHTga a'zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish jarayonini hamda tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishadi.

Tadbirda ShHTda kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron, Hindiston, Mo‘g‘uliston va Pokiston vakillari, shuningdek, ShHT ishchi organlari - Kotibiyat, MATT ijroiy qo‘mitasi, Ishbilarmonlar kengashi va Banklararo birlashmasi, qator xalqaro va mintaqaviy tashkilot va forumlar – BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, MDH, ASEAN va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning rahbarlari ishtirok etishadi.

Top