Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyada mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari saylovlarida 20 nafar ayol-nomzod g‘alaba qozondi
12 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari saylovlarida 20 nafar ayol saylandi. Mazkur saylovda mamlakat ayollari ilk bor faol va sust saylov huquqlarini ega bo‘lib, saylash va saylanish jarayonida ishtirok etishdi. Mazkur saylovning yakuniy natijalari 14 dekabr kuni e'lon qilinadi, deya yozmoqda AR.
Saylovlarda jami 7 ming nomzod ishtirok etgan bo‘lsa, ularning 979 nafari ayollardir. Agentlikning qayd etishicha, munitsipial o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi o‘rinlar uchun xalq tomonidan saylanganlar ichida ayollar 1 foizni tashkil etganiga qaramasdan, ayollarning hukumatdan o‘rin egallashi dalilining o‘ziyoq davlat uchun katta hodisa hisoblanadi.
Nomzod ayollarning ko‘pchiligi g‘alabaga erishgan taqdirda, mehnat qilayotgan onalarga qo‘shimcha bo‘sh vaqt yaratib berish maqsadida mamlakatda bolalar bog‘chalari sonini oshirish, sport va madaniy-ta'limiy mashg‘ulotlarda qatnashish istagidagi yoshlar uchun jamoat markazlarini tashkil etish kabi va'dalarni berishgan.
Saudiya Arabistonida ayollarning munitsipial saylovlarda ishtirok etish va ularda o‘z nomzodlarini ilgari surish huquqi mamlakatning oltinchi qiroli Abdulla ibn Abdul Aziz (1924-2015) tomonidan 2011 yilda joriy etilgan edi.
Ayni paytda Saudiya Arabistonida 2,1 mingta mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyat yuritmoqda.