Jahon | 00:11 / 14.12.2015
13193
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada yana bir eronlik general halok bo‘ldi

Suriyada Eron korpusining brigada generali Husayn Fadaiy o‘ldirildi. FARS agentligi bergan ma'lumotiga ko‘ra, “Fatamiyun” brigadasining sobiq qo‘mondoni Suriyada Zulfiqor laqabi ostida faoliyat yuritib kelgan.

Joriy yilning oktabr oyida Suriyada uch nafar eronlik general o‘ldirildi. 12 oktabr kuni general-mayor Farshad Xasunizoda va brigada generali Xamid Moxtarbandaning o‘ldirilgani haqida xabar berilgan edi.

Bundan bir necha kun muqaddam esa Halab shahri yaqinida Suriya prezidenti Bashar Asadning qo‘shinlariga IShIDga qarshi operatsiyalar olib borishga yuborilgan general Husayn Hamadoniyning joniga qasd qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish