07:45 / 14.12.2015
5880

Turkiya tashqi ishlar vaziri Valentina Matviyenko bilan suhbati tafsilotlarini oshkor qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Rossiya Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko bilan 12 dekabrda Ashxoboddagi anjuman doirasida “dildan” suhbatlashganini ma'lum qildi va Rossiya tomonidan ijobiy signallar bo‘lishiga umid bildirdi, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi

“Turkiya keskinlikning kamaytirilishi va barcha masalalarning ikki tomonlama munosabat va xalqaro huquq doirasida hal qilinishi tarafdoridir. Buning uchun Rossiya tomonidan ijobiy signallar bo‘lishi zarur. 24 noyabrda biz Su-24 samolyoti bilan yuz bergan noxush voqea uchun afsusimizni bildirganmiz va suhbat qurish tarafdorimiz”, deb aytdi Chovusho‘g‘lu.

Chovusho‘g‘luning aytishicha, u anchadan beri Matviyenko bilan tanish va ular o‘rtasida do‘stona munosabatlar shakllangan. Xususan, Chovusho‘g‘lu Federatsiya kengashining oliy mukofotiga sazovor bo‘lgan yagona xorijlik bo‘lgan.

Top