Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyalik harbiylar Iroqning Mosul shahri yaqinidagi bazani tark etishni boshladi
Iroq shimolidagi turkiyalik harbiylarning bir qismi o‘z pozitsiyalarini tark etishgan.
Reyter agentligi xabariga ko‘ra, Mosuldan uncha uzoq bo‘lmagan hududdagi Bashik shahridagi bazaga joylashgan bo‘linma boshqa joyga ko‘chgan.
Turkiya harbiy kontingenti aynan qayerga joylashtirilgani xabar berilganicha yo‘q. Lagerdan jami 10-12 dona armiya transporti chiqib ketgan.
So‘nggi vaqtlarda Turkiya ushbu mintaqaga 25ta tank olib kelgani, mintaqadagi harbiy xizmatchilar soni esa taxminan 900 kishi ekani aytilgandi.
Bundan oldinroq, rasmiy Anqara Iroqning bosimlari tufayli o‘z harbiylarini ortga ko‘chirishi haqida aytgandi.
11 dekabr kuni prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya kurdlarning «peshmerg» isyonchilarini tayyorlashda davom etishini aytib, Shimoliy Iroqdan o‘z harbiylarini chiqarib ketmoqchi emasligini ma'lum qilgan edi.