Sport | 19:35 / 14.12.2015
3547
3 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Mutko: Qur'ada "Fenerbahche" tushgani yaxshi bo‘lmadi, lekin o‘yinga chipta olishni boshlash kerak

Rossiya Sport vaziri va Rossiya Futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko Yevropa ligasining 1/16 bosqichi uchun tashlangan qur'adan keyin Moskvaning "Lokomotiv" va Istanbulning "Fenerbahche" jamoalari bir-birlariga raqib bo‘lganiga munosabatini bildirib o‘tdi.

U moskvaliklar jamoasi muxlislariga safar o‘yini uchun chiptalarni olishni boshlayverish kerakligini aytgan.

Bundan oldinroq, UYeFA ushbu ikki jamoaning o‘zaro o‘yinlari betaraf uchinchi maydonga ko‘chirmasligini ma'lum qildi.

"Temiryo‘lchilar" dastlab 16 fevral kuni Istanbulda safar o‘yinini o‘tkazishadi, 25 fevral kuni Moskvadagi "Cherkizovo" stadionida javob o‘yini bo‘lib o‘tadi.

"Qur'ada "Fenerbahche" tushgani yaxshi ish bo‘lmadi. Lekin o‘yinga chiptalarni olaverish kerak. Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar uzilmagan. Agar bizda tanlov bo‘lganida, Turkiyaga bormaslikni ma'qul ko‘rgan bo‘lardik. Ammo qur'a tashlanib, taqvim tuzilib bo‘lindi, unga amal qilish kerak", degan Mutko.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya chegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirildi. Turkiyaning ta'kidlashicha, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib o‘tgan.
Rossiya tomoni bu davoni tan olmagan.

Shundan so‘ng, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Rossiya 2016 yilning 1 yanvaridan Turkiya bilan vizasiz rejim to‘xtashini ma'lum qilgan.

Ikki davlat o‘rtasida avialoqalar qat'iy nazorat ostida amalga oshirilmoqda.

Hukumat rossiyaliklarga Turkiyaga tashrif buyurmaslikni tavsiya qilgan.

Rossiyaning barcha jamoalari har yili Turkiyada o‘tkazib kelingan qishki yig‘inlarini bekor qilgan.

Rossiyalik mutaxassis: Yevropa Ligasida "Lokomotiv" Turkiya jamoasiga qarshi o‘ynashi oldi olinishi kerak edi

"Lokomotiv" futbolchisi: Bu bosqichda Turkiya jamoasi raqib bo‘lishini istamagandim

UYeFA "Lokomotiv" va "Fenerbahche" o‘yinlari betaraf maydonga ko‘chirilmasligini ma'lum qildi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish