19:46 / 14.12.2015
4802

Xitoydagi kafeda portlash yuz berib, 21 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Yunnan viloyatida portlash sodir bo‘lishi natijasida 21 kishi hayotdan bevaqt ko‘z yumdi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar tarqatgan.

Politsiya bergan ma'lumotga ko‘ra, Kunmin shahridagi kafeda gaz balloni portlagan.

Kafe binosi jiddiy shikastlangan, devorlar o‘pirilgan hamda derazalar to‘kilib tushgan.

Voqea joyiga tez tibbiy yordam xizmati xodimlari va huquq tartibot idoralari vakillari yetib kelishgan.

Dastlabki ma'lumotlarda, portlashga xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilinmagani sabab bo‘lgani haqida aytilgan.

13 dekabr kuni ham Belgiyaning Verve shahrida shunga o‘xshash sabab tufayli kafeda portlash yuz bergach 14 kishi shifoxonaga yotqizilgandi. 31 oktabr kuni esa Xitoyning Xenan viloyatidagi uyda gaz portlashi sababli 17 kishi halok bo‘lgandi.

Top