11:04 / 14.12.2015
2478

Xristo Stoichkov Qozog‘iston terma jamoasini boshqarishi mumkin

Bolgariyalik sobiq futbolchi Xristo Stoichkov Qozog‘iston terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda Novsport.bg nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, terma jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Yuriy Krasnojan bilan shartnoma muddat uzaytirilmaydi. Uning o‘rniga bolgariyalik mutaxassis taklif etilishi kutilmoqda.

Krasnojan boshchiligida Qozog‘iston terma jamoasi Yevro-2016 saralash bosqichida olti jamoa ichida 5-o‘rinni egalladi.

Oldin Stoichkov Shotlandiyaning «Seltik», JARning «Mamelodi Sandauns», shuningdek Bolgariyaning «Liteks» va TsSKA jamoalarini boshqargan. 2011 yilda «Rostov» klubi prezidenti maslahatchisi sifatida ishlagan.

Hozirgi vaqtda 49 yoshli mutaxassis AQShda Mayamida istiqomat qilmoqda va Meksika televideniyesiga ekspert sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Top