Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“AvtoVAZ” birinchi seriyali Lada XRay’ni chiqardi
Tolyattining “AvtoVAZ” birinchi seriyali Lada Xray avtomobilini ishlab chiqardi.
“Ishonchim komil, ushbu model nafaqat Rossiyada, chet elda ham sotiladi.
Bugun qiyin zamon: 10 oy ichida mamlakat avtobozoridagi xarid hajmi 34 foizga tushib ketdi, shu bois yangi modellar chiqarish juda muhim, zero bu odamlarda ishonch uyg‘otadi”, - dedi Samara viloyati hokimi Nikolay Merkushkin yangi modelni ishlab chiqarishni boshlash marosimida.
Ishlab chiqarilgan birinchi seriyali avtomobil 1.6 l li motor bilan ta'minlangan. Keyinchalik mashinaga robotlashgan o‘tkazmalar qutisi o‘rnatilishi kutilmoqda.
“AvtoVAZ” kuniga 50ta mashina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Sotuvlar 2016 yil fevralidan boshlanadi.