Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2015 yilning 11 oyi davomida YeI chegaralarini 1,55 mln kishi noqonuniy tarzda buzib o‘tgan
2015 yilning 11 oyi davomida Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralarini 1,55 million atrofidagi noqonuniy muhojirlar kesib o‘tgan. Bu haqda YeI chegaralarini nazorat qilish agentligiga asoslanib, Frontex nashri xabar bergan.
Qayd etilishicha, 2015 yilning noyabr oyidayoq YeI chegaralarini 269 ming kishi noqonuniy tarzda kesib o‘tgan. 2014 yilning 12 oyi davomida esa bu ko‘rsatkich 283 ming nafarni tashkil qilgandi.
Agentlik xabarida aytilishicha, chegaralarning buzib o‘tilishi holatlariga oid barcha jihatlar o‘rganib chiqilmoqda. Qayd etilishicha, muhojirlar Gretsiya yo‘nalishidan tashqari, Vengriya va Xorvatiya orqali ham YeI hududlariga kirib kelmoqda.
Bundan oldinroq, YeI chegaralarini nazorat qilish fondi Polsha chegaralarining buzib o‘tilish holatlarini aniqlashda dronlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish uchun 25 mln yevro ajratilishini ma'lum qilgandi.