Jamiyat | 10:30 / 15.12.2015
5271
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik rassom 2015 yilning ommaviy madaniyatga aloqador voqealarini bir suratda jamladi

Amerikalik rassom Lyuk MakGarri chizgan suratida yakunlanayotgan 2015 yilda AQSh va jahonda ro‘y bergan asosiy voqealarni ifodalashga harakat qildi. U o‘z suratida asosan ommaviy madaniyatga oid voqealarni jamlagan. Lekin suratda Parij voqelari hamda Ampkvadagi otishmaga oid ifodalar ham bor.

Bu illyustratsiya uning imzosi bilan Beutler Inc. saytiga joylashtirilgan. Unda yilning 143 voqeasi haqida ma'lumot olish mumkin.

Kartinada yil davomida efirga chiqqan filmlardan lavhalar ("Yulduzlar jangi", "Telba Maks") hamda musiqa olamidagi hodisalar ( N.W.A. Straight Outta Compton xip-xop guruhi chiqishlari) tasvirlarini ko‘rish mumkin.

Rassom shuningdek, AQSh prezidentligi uchun poyga jarayoni, internet-memlar, sportga oid voqealarni chizgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish