Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov Odessa viloyati hokimi, Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining yuziga suv sepganini Facebook’dagi sahifasi orqali xabar qildi.
“Hozirgina Radada janob Saakashvili mening nega u Odessa portbo‘yi zavodi bo‘yicha Uralkimyo oligarxi bilan muloqot qilgani, bu korxonani xususiylashtirish jarayoni bilan qanaqasiga bog‘liqligi haqidagi savolimga javob berish o‘rniga nazoratni yo‘qotib qo‘ydi, - deb yozadi vazir. – Odessa hokimi isterikani boshlab, menga qichqira ketdi: “Hech kim Mixail Saakashvili bilan bunday gaplasha olmaydi... sen korrupsiyaga botgan vazirsan... men esa halol insonman...”, deb to‘g‘rilikcha haqorat qilishga o‘tib ketdi”.
“Men unga javob berishdan o‘zim tiydim – yuziga suv sodim”, - qo‘shimcha qildi Avakov.
“Saakashvili shunchaki javob berishi lozim edi... u esa jahl qildi”, - deb yozadi mudofaa vaziri.