18:59 / 15.12.2015
3714

BMT: Falastinning zab etilgan hududlaridagi zo‘ravonlik xavotirga sabab bo‘lmoqda

Isroil tomonidan Falastinning egallab olingan hududlaridan amalga oshirilishi davom etayotgan zo‘ravonlik siyosati jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Bu haqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi bayonot beradi.

“Biz ilgarigiday egallab olingan Falastin hududlarida Isroil tomonidan o‘tkazilayotgan zo‘ravonlikdan jiddiy xavotirdamiz, - dedi tashkilotning rasmiy vakili Sesil Puyi Jyenevada o‘tkazilgan brifing chog‘ida. – Bu safargi eskalatsiya davrida, oktabr boshidan beri 21 isroillik va 117 falastinlik halok bo‘ldi, minglab odamlar yaralandi”.

“Inqirozga nisbatan xalqaro diqqat biroz zaiflashganiga qaramay, qotilliklar, yaralashlar va hibsga olishlar davom etmoqda. Har kuni o‘rtacha bir kishi halok bo‘lmoqda”, - qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Top