16:56 / 15.12.2015
2534

BMTda Kerri va Lavrovdan Suriya masalasidagi muzokaralar qachon boshlanishi haqidagi xabarni kutishmoqda

BMT AQSh davlat kotibi Jon Kerri va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning Moskvadagi uchrashuvi davomida Suriya masalasi bo‘yicha muzokara kunini belgilashlarini kutmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qilgan.

"Barchangizga ma'lumki, bugun AQSh Davlat kotibi Sergey Lavrov Moskvada Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Biz bu uchrashuv so‘ngida tomonlar Suriya masalasi yuzasidan o‘tkaziladigan yangi muzokara kunini aniqlashtirib olishlarini kutmoqdamiz", degan BMTning Jyenevadagi bo‘limi matbuot xizmati rahbari Ahmad Fauziy.

Bundan oldinroq, Jon Kerri bu uchrashuv davomida Rossiya ham AQSh kabi Suriya va Ukrainadagi vaziyat barqarorlashuvini istashi haqida aytib o‘tgandi.

Top