10:30 / 15.12.2015
2621

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha agentligi 65 yoshga to‘ldi

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi xalqaro tashkilotning eng eski va asosiy bo‘linmalaridan biri bo‘lib, shu kunlarda u 65 yoshga to‘ldi. 1950 yilning 14 dekabr kuni tashkilot Bosh Assambleyasi agentlik yo‘riqnomasini tasdiqlagan hamda unga Ikkinchi Jahon urushi qochqinlari masalasini hal qilish uchun uch yillik mandat bergan rezolyutsiyasini qabul qilgan edi.

Afrikadagi dekolonizatsiya, Yaqin Sharq va Sharqiy Yevropadagi urushlar oqibatida kelib chiqqan navbatdagi migratsion inqirozlar agentlikning doimiy asosda mavjud bo‘lishi zarurligini ko‘rsatib berdi. Natijada 2003 yili Bosh Assambleya struktura vakolatlarini bemuxlat uzaytirish haqida qaror qabul qildi.

Bizning kunlarimizda agentlikning muammolari kamaymagan, negaki Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi vaziyat Yevropada Ikkinchi Jahon urushidan buyon kuzatilayotgan eng yirik migratsion inqirozni keltirib chiqardi. To‘rt yil mobaynida BMT qochqinlarni oraliq zonalar hisoblangan Livan, Iordaniya va Turkiyada qabul qildi, lekin ularning imkoniyatlari yetarli bo‘lmaganidan joriy yili qochqinlar endilikda Yevropaga oqib kela boshladi.

Ushbu kunda agentlikning oldida turgan mana shunday dolzarb va murakkab vazifalarning muvaffaqiyat bilan hal etib borilishini tilab qolamiz.

Top