Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:16 / 15.12.2015
2809
1 daqiqa o‘qiladi
Braziliya politsiyasi suriyaliklar uchun qalbaki hujjat tayyorlab beruvchi jinoiy guruhni fosh qildi
Braziliya politsiyasi suriyaliklar uchun qalbaki hujjat, jumladan Braziliya pasporti” tayyorlab beruvchi jinoiy guruhni fosh qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Huquqni muhofaza qilish organi xodimlarining ma'lum qilishicha, bu sxemada 70 nafardan ziyod suriyalik harakat olib borgan.
Qalbaki hujjatlarning bir necha nafar sohiblari Yevropa mamlakatlari hamda AQShga o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, ularning ayrimlari Suriya armiyasi vakillaridir.