Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dang‘arada bog‘cha enagasidan 200 dollar pul tama qilgan mudira qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi G‘umayli qishlog‘idagi 18-maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi E'tiborxon Umarova tamagirlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, 55 yoshli ayol muqaddam sudlangan, amnistiya bilan ozod qilinib, yana bog‘cha mudiraligiga tayinlangan. Lekin qaytib kelishi bilan u yana eski ishlarini boshlagan.
Qishloqdoshi Abdujalil Turg‘unovning iltimosiga ko‘ra uning qizi F. Turg‘unovani o‘z muassasiga enaga qilib olgan. Oradan bir muddat o‘tib, u yangi xodimadan 200 dollar keltirib berishni talab qilgan. Turg‘unov bir mashina o‘tib keltirib, mudiraning uyiga tushirgan.
Ammo 2015 yilning mart oyida Umarova F. Turg‘unovadan yana shuncha pul talab qilgan. Otasi fermer xo‘jaligini yopgani va ishlamayotgani uchun u puli yo‘qligini aytganida, mudira ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilgan. Natijada qiz tegishli tashkilotlarga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
E'tiborxon Umarova xodimasidan 800 ming so‘m pora olayotgan chog‘da jinoyat ustida qo‘lga olindi.