Jahon | 14:41 / 15.12.2015
4060
1 daqiqa o‘qiladi

FXX IShIDni Rossiyada moliyalashtirishda gumon qilib 1.6 ming kishini tekshiruvdan o‘tkazmoqda

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati IShIDni Rossiyada moliyalashtirishda gumon qilib 1.6 ming kishini tekshiruvdan o‘tkazmoqda. Xizmat rahbari Aleksandr Bortnikovning so‘zlariga qaraganda, bular orasida terrorchilarni moliyalashtirishda gumon qilinayotgan yuridik va jismoniy shaxslar bor.

“Terrorchilikni moliyalashtirish kanallarini to‘sish maqsadlarida idoralararo reja ishlab chiqilgan, uning doirasida moliyaviy razvedka va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 5 mingdan ortiq surishtiruvlar o‘tkazildi va 270 jinoiy ish ochildi”, - xabar qildi Bortnikov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish