Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:38 / 15.12.2015
3605
1 daqiqa o‘qiladi
FXX Suriya va Iroqdagi terrorchilar bilan aloqador 2.9 ming Rossiya fuqarosini aniqladi
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat fuqarolaridan 2.9 ming nafari Suriya va Iroqda faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlar bilan aloqadordir. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Shulardan 198 nafari harbiy harakatlarda yo‘q qilingan, 214 nafari esa Rossiyaga qaytib kelgan.
“Ularning bari huquqni muhofaza qiluvchi organlar nazorati ostiga olingan: 80 nafari sudlangan, 41 nafari qamalgan”, - dedi idora boshlig‘i Aleksandr Bortnikov.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish