Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston zarba beruvchi dronlar ishlab chiqarishga 400 mln dollar ajratadi
Hindiston o‘zining Ghatak zarba beruvchi uchuvchisiz harakatlanuvchi apparatlarini ishlab chiqarish dasturiga 400 mln dollar ajratadi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligiga tayangan holda Times of India nashri yozmoqda.
2650 kror (26.5 mlrd rupiya yoki 395 mln dollar) turadigan Ghatak loyihasi boshqariluvchi raketalarni mo‘ljalga otuvchi hujumkor dronlarni ishlab chiqishni ko‘zda tutadi.
“Loyiha moliya vazirligi ekspertlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Ular ma'qullaganidan so‘ng xavfsizlik bo‘yicha hukumat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritiladi”, - dedi harbiy idora vakili.
Dastur bo‘yicha yaratilayotgan apparat ilgarigi AURA (Autonomous Unmanned Research Aircraft) loyihasiga borib taqaladi; u 2009-2013 yillarda realizatsiya qilingan. AURA apparatining birinchi parvozi 2016 yilga mo‘ljallangan.