19:23 / 15.12.2015
2886

Kamerun terma jamoasi saytida bosh murabbiy o‘rni bo‘shligi haqida e'lon berildi

Kamerun futbol federatsiyasi saytida mamlakat milliy terma jamoa bosh murabbiyligi o‘rni bo‘sh ekani haqida e'lon qildi.

Ayni vaqtda terma jamoa murabbiyligi uchun nomzodlar izlanishi boshlangan va bu o‘ringa munosib hisoblanuvchilardan talab etiladigan xislatlar haqida ma'lum qilingan.

Xabar qilinishicha, Kamerun terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish uchun qaysi millat vakili bo‘lishning ahamiyati yo‘q, u ingliz yoki fransuz tillarida mukammal gaplasha olishi, oldiga muayyan maqsad qo‘yishi, Afrika futbolini yaxshi tushunishi kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, nomzodlar terma jamoani 2016-2018 yillarda rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini taqdim etishi so‘ralgan. Va albatta, bunday shaxsdan terma jamoa yoki klub miqyosidagi faoliyat bo‘yicha tajriba bo‘lishi kerak.

Shu yilning oktabr oyi oxirida "Yengilmas sherlar" jamoasidan murabbiy Folker Finke bo‘shatilgandi. Germaniyalik bu mutaxassis terma jamoada 2013 yildan buyon faoliyat ko‘rsatgan, 2014 yilgi JChga kamerunliklarni boshlab kelgandi. Mundialda Kamerun terma jamoasi o‘ta qoniqarsiz natija ko‘rsatdi va guruh bosqichidagi 3ta o‘yinda ham mag‘lubiyat qayd etgandi.

Top