Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kemeron: britanlar YeIdagi a'zolik masalasini 2017 yil oxiriga qadar hal etadi
Britanlar Britaniyaning Yevropa Ittifoqidagi a'zoligi taqdirini 2017 yil so‘ngiga qadar o‘tkaziladigan referendumda hal qiladi, deya xabar qildi mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron o‘z tvitterida.
“Saylovchilar 2017 yil oxiriga qadar (YeIdan) chiqish yoki qolishni tanlashadi”, - deya yozdi hukumat rahbari.
Bundan avvalroq Kemeron Britaniyaning YeIdagi a'zoligini ko‘rib chiqish uchun barcha shartlarni bajarishini qat'iy ta'kidlagani xabar qilingan edi.
Yevrokengash raisi Donald Tusk esa Britaniyaning YeI tarkibida qolishi Yevropa kengashining asosiy siyosiy maqsadi ekanini ma'lum qilgan edi.