Jahon | 14:24 / 15.12.2015
4111
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri: Rossiya ham AQSh kabi Suriya va Ukrainadagi vaziyat barqarorlashuvini istaydi

AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya hamda Ukrainadagi vaziyatning yaxshilanishi borasida umumiy xohishlarga ega. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuv chog‘ida ma'lum qilgan.

Bundan tashqari, Kerrining qayd etishicha, AQSh va Rossiyaga IShID tomonidan birdek tahdid mavjud.
"IShID vakillari bilan muzokara o‘tkazishning iloji yo‘q. Bu jangarilar insoniyatning tarixiy madaniyatini yo‘q qilishni boshladi va bizning ularga qarshi jiddiy kurash olib borishdan boshqa yo‘limiz qolmadi", deydi u.
Bundan oldinroq Moskvada Lavrov va Kerri o‘rtasidagi uchrashuv boshlangani xabar qilingandi.
Bu uchrashuvda muhokama qilinadigan asosiy mavzular Suriyadagi siyosiy inqirozni hal qilish va IShIDni yengish masalasi bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish