Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Lester" yana birinchi o‘rinda, "Chelsi"ni esa 1 ochko "xavfli zona"dan ajratib turibdi
Angliya chempionatining 16-turidan doirasidagi eng oxirgi uchrashuv “Lester” hamda “Chelsi“ klublari o‘rtasidagi o‘tkazildi.
Unda mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi qayd etildi.
Dastlab, o‘yinning 34-daqiqasida "Lester"ning asosiy to‘purari Jyeymi Vardi jamoaning yana bir yetakchisi Riyod Maxrezning ajoyib pasidan so‘ng to‘pni yaqin masofadan tkrib Tibo Kurtua qo‘riqlayotgan darvoza to‘riga joylab qo‘ydi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limning 3-daqiqasidayoq bu safar Riyod Maxrezning o‘zi Aspilikueta bilan kurashda himoyachini dog‘da qoldirib, darvozaning “to‘qqiztaligi” nishonga oldi va hisob 2:0 ko‘rinishiga keldi.
O‘yinga zaxiradan qo‘shilgan Remi 77-daqiqada “Chelsi”ning mazkur bahsdagi yagona goliga mualliflik qildi - 2:1.

“Lester” navbatdagi g‘alabasidan keyin yana APL peshqadamiga aylanib oldi.


Angliya chempionati, 16-tur
Lester – Chelsi 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 34 Vardi, 2:0 – 48 Marez, 2:1 – 77 Remi.
Lester – Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Xut, Kante, Drinkuoter (King, 17), Olbrayton, Marez (Inler, 82), Uloa, Vardi (Okadzaki, 88).
Chelsi – Kurtua, Zuma, Aspilikueta, Ivanovich, Terri (Fabregas, 53), Ramires, Matich, Oskar (Remi, 65), Villian, Azar (Pedro, 31), Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Vardi (46), Xut (50).