18:02 / 15.12.2015
1982

Lyuis Hemilton faoliyatini qachon yakunlashini ma'lum qildi

«Formula-1» poygalari bo‘yicha uch karra jahon chempioni britaniyalik Lyuis Hemilton 37 yoshigacha musobaqalarda ishtirok etishni rejalashtirayotganini ta'kidlab o‘tdi.

30 yoshli «Mersedes» piloti karerasini yakunlaganidan keyin nima ish bilan shug‘ullanishi borasida o‘ylab qo‘yganini ham ta'kidlab o‘tgan.

«To‘rtinchi, beshinchi va yana so‘nggi marotaba chempionlik titulini qo‘lga kiritishni rejalashtirganman. Hozir 30 yoshdaman. Bu men ulg‘aygan va va o‘zim sevgan eng qulay dunyo. Ammo endi dunyo aslida ancha keng ekanini tushunib yetmoqdaman. Qilish mumkin bo‘lgan ishlar, o‘rganish mumkin bo‘lgan narsalar juda ko‘p. Shunday ekan, men poygalardan keyin nima bilan shug‘ullanish haqida o‘ylab ko‘rishim kerak. So‘nggi yillar juda tez o‘tib ketmoqda. O‘ylashimcha, 37 yoshimda faoliyatimni yakunlayman», deya Hemiltonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi F1i nashri.

Top